Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahar hokimligi tomonidan sayyor qabul oʼtkazildi
2022-08-17 15:21:31 391
Bugun Sharqiy harbiy okrugning maʼnaviyat va maʼrifat binosida Fargʼona shahar 4 ta sektor(shahar hokimi, shahar prokurori, shahar IIO FMB va shahar Davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi) rahbarlari, shuningdek, Maʼmuriy va Fuqarolik ishlari boʼyicha shahar sudlari sudʼyalari hamda Majburiy ijro byurosi shahar boʼlimi boshligʼining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli oʼtkaziladi.
Qabulda shahar hokimining oʼrinbosarlari va Xalq qabulxonasi mudiri Gʼayratjon Pattaev, shuningdek mahallalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ham ishtirok etdi.
Sayyor qabulda yuz nafardan ortiq fuqarolardan tushgan murojaatlar masʼul rahbarlar ishtirokida oʼrganildi. Oʼttizga yaqin murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Murojaatlarni joyida oʼrganib chiqish va natijasi boʼyicha fuqaroga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʼlimlarga tegishli topshiriqlar berildi.