Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
35 nafar xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi
2022-08-17 15:19:15 395
Fargʼona shahar hokimligi Oila va xotin qizlar boʼlimi tomonidan tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan xotin-qizlarni oʼzlari qiziqqan sohaga oʼqitish maqsadida oʼquv kurslari tashkil etilgan.
Fargʼona shahridagi barcha mahalla fuqarolar yigʼinlarda oʼzini oʼzi band qilmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan xotin-qizlar roʼyxatlari shakllantirib ular bosqichma-bosqich oʼqitilib kelinmoqda. Shu kunga qadar shahardagi 150 ga yaqin xotin-qizlarni malakali ustozlar tomonidan tadbirkorlik yoʼnalishlari boʼyicha oʼqitilib, boshlangʼich tushunchalar berildi. Shuningdek, har bir oʼquvchiga sertifikatlar topshirildi.
Bir xafta davomida shahardagi "Bahor" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan xotin-qizlarning 35 nafarlari oʼquv mashgʼulotlariga jalb qilindilar. Oʼquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarga sertifikatlarini berish jarayoni ham koʼtarinki ruxda oʼtdi.
Tadbirda mahalla raisi Y.Maqsudov hamda xotin-qizlar faoli M.Xamidovalar ishtirok etishdi. Bayramona dasturxon yozildi. Sertifikat berish marosimi oʼyin-kulgu bilan yanada fayzli oʼtdi.
Tadbirkorlar uyushmasi rahbari I.Mamatxonova tomonidan 35 nafar xotin-qizlarga sertifikatlar taqdim etildi. Endilikda xotin-qizlar oʼzlari tanlagan yoʼnalishlari boʼyicha ish faoliyatlarini davom ettirishadi.