Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahar hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi Qonuni yuzasidan targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi.
2022-08-17 15:06:24 396
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Fargʼona viloyati filiali tashabbusi bilan Fargʼona shahar hokimligi binosida shahardagi barcha davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar hamda masʼul xodimlar ishtirokida targʼibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Fargʼona viloyati filiali rahbari oʼrinbosari А.Аkbarov uzoq kutilgan “Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur qonun bilan davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, vazifalari aniq belgilab berilganligi taʼkidlandi.
Targʼibot guruhi tomonidan tadbir ishtirokchilariga qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targʼib qilishga qaratilgan tadqimot orqali tushunchalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Qonunga doir oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.