Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
6-7 avgust kunlari shahrimizda umumxalq hashari oʼtkaziladi
2022-08-06 17:25:50 427
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi 31 yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida Fargʼona shahri boʼylab 1 avgustdan 30 avgustga qadar “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida "Dolzarb obodonlashtirish 30 kunlik" oyligi oʼtkazilmoqda.
Shu munosabat bilan 6-7 avgust kunlari obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish umumxalq hashari oʼtkazilishi belgilangan.
Hashar davomida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, moʼʼtabar maskanlar, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi. Obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish ishlari yanada faol olib boriladi.
Umumxalq hashari davomida har bir xonadon tomorqalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ehtiyojmand, boquvchisini yoʼqotgan keksa va nogironligi boʼlgan fuqarolarning uy-joylarini yaxshilash va moddiy yordam koʼrsatishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Siz ham obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish umumxalq hasharida faol ishtirok eting!
Fargʼona shahar hokimligi.