Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2022-08-03 18:01:23 463
Bugungi sessiyada shahardagi sektor rahbarlari, shahar sudi raislari hamda kun tartibiga kiritilgan masalaga dahldor tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya ishini Fargʻona shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Vosiljon Nazarov ochdi va olib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
Kun tartibidagi dastlabki masala - Fargʻona shahrida kam taʼminlangan, moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni ijtimoiy qoʻllab quvatlash maqsadida “Temir daftar”ga kiritish yuzasidan Fargʻona shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi Moʻminov Bobirjon Xolmamadjon oʻgʻlining maʼruzasi tinglandi. Kun tartibidagi navbatdagi masala - Fargʻona shahridagi moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvatlash maqsadida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi Akramov Ahadjon Abduvali oʻgʻlining maʼruzasi tinglandi. Kun tartibidagi navbatdagi masala - Oʻzbekison Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan 2022 yil olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Majburiy ijro byurosi Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi Toshboltayev Sanjar Isomiddinovichning maruzasi tinglandi.
Shundan soʻng jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudi raisi Abdubannobov Mahkamjon Murodilovich, Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudi raisi Ortiqov Elmurodjon Mirzarahimovich, Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Mamatojiyev Tohirjon Tursunaliyevich va Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi raisi Oripov Ulugʻbek Nazirovichlarning 2022 yil birinchi yarim yillikda amalga oshirgan ishlari boʻyicha axborotlari eshitildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan soʻng qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.