Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining HISOBOTI

×

 2022-08-03 17:56:50    466

PDF yuklash
Chop etish


“Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-785-son Qonun bilan Soliq kodeksiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan mazkur qonunga asosan qator soliq imtiyozlari joriy etildi.

Xususan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash kabi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar uchun 2022 yil 1 apreldan 2025 yildan 1 yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilandi.

Shuningdek, charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilindi.

Albatta, berilayotgan soliq imtiyozlari tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, sohani rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Farg‘ona shaxar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Ayni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil iyul oyi davomida Farg‘ona shaxar DSI tomonidan 730 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘ligan 367 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi, bundan tashqari 87 ta sub’ektga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2021 yil 22 sentyabr 595-son qaroriga asosan Ye-Ijara, Ye-Aktiv va Ye-Imtiyoz dasturidan foydalanish tushuntirildi, 276 ta sub’ektga soliq idoralariga bog‘liq boshqa masalalarda ko‘maklashildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta,  Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.