Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Shahrimiz vakillari ham haj ziyoratini ado etib vatanga qaytishdi

×

 2022-07-23 11:41:16    101

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʻona shahrilik hojilar Saudiya Arabistonidan yurtimizga qaytib kelishdi. Muqaddas Makka va Madina zaminidan qaytayotgan yurtdoshlarimiz Namangan xalqaro aeroportida hokimlik mutasaddilari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakillari xodimlari va hojilarning yaqinlari tomonidan hurmat-ehtirom bilan kutib olindi.
Shundan soʻng, 83 nafar ziyoratchilar Fargʻona shahar hokimligiga yetib kelishdi. Ular mahalliy hokimlik vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda oila aʼzolari va yaqinlari bilan diydor koʻrishdilar.
Hojilar yuzida Islom dinining beshinchi farzini ado etilgani fayzi, shukronalik hissi va yurt sogʻinchi ifodasi koʻrinib turardi. Koʻtarinki kayfiyat va shukronalik hissi bilan Yurtimizga qaytgan ziyoratchilar yuqori saviyada tashkil etilgan muborak safar uchun barcha tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.