Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg'onada Markaziy bank bosh boshqarmasi xodimlari uchun o'quv-seminar tashkil qilindi
2022-07-23 11:32:34 465
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Farg'ona viloyati bosh boshqarmasida "Davlat tili haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosi yuzasidan boshqarmaning barcha xodimlari ishtirokida o'quv-seminar bo'lib o'tdi.
Ayni kunlarda mamlakatimiz bo'ylab til siyosatini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan muhim vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan o'quv-seminar turli bahs-munozaralar, qiziqarli savol-javoblarga boy bo'ldi.
Seminarda Farg'ona viloyati hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi S.Tongotarova hamda Farg'ona shahar hokimining maslahatchisi F.Mamajonovlar qatnashdilar.