Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Shahrimizda kulolchilik buyumlari savdo doʻkoni ochildi
2022-07-21 14:31:44 408
Bugun Oybek" mahalla fuqarolar yigʻini hududida qoʻl mehnati bilan yaratilgan milliy kulolchilik yunalishida tayyorlangan suvenirlar bilan savdo qiluvchi "Nargiz" nomli doʻkoni ochildi.
Ushbu savdo doʻkoni tashkil etilishi bilan 4 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, hududdagi xotin-qizlarni ishga olinib bandligi taʼminlandi.
Savdo markazining ochilish marosimida Fargʻona shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Boburjon Moʻminov ishtirok etib, xotin-qizlarimizga qaratilgan yuksak eʼtibor va ayollarimizni jamiyat hayotida faol ishtiroki, har bir sohada ularning oʻrni qadrlanayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.