Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2022-07-14 13:25:08 423
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona shahar "Sharshara" mahalla fuqarolar yigʻinidagi ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar yuzasidan murojaat tarqaldi. Murojaat Fargʻona shahar hokimligi hamda "Fargʻona suv taʼminoti" MChJ viloyat va shahar boʻlimlari mutaxassislari tomonidan oʻrganildi.
2021 yilda "Sharshara" mahallasida 2200 metr, joriy yilda esa yana 2700 metr tarmoq tortildi. Bugun barcha tarmoqlarni markaziy tarmoqqa ulash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Mahallada 1004 ta xonadon boʻlib, shu kunga qadar 200 ga yaqin xonadonlar toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Yangi tarmoqning tortilishi bilan yana 500 dan ortiq xonadonlarga ichimlik suvi kirib boradi. Mahallani toʻliq ichimlik suvi bilan taʼminlash choralari belgilangan.
Oʻrganish davomida 200 ta xonadon isteʼmol qilingan suv uchun toʻlovlarni amalga oshirmasligi ham aniqlandi. Hozirda "Fargʻona suv taʼminoti" MChJ Fargʻona shahar boʻlimi xodimlari tomonidan fuqarolarga hisoblagich oʻrnatish boʻyicha ogohlantirish xatlari tarqatilmoqda.