Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BAYRAM MUNOSABATI BILAN MODDIY YoRDAM VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARQATILDI
2022-07-13 09:34:06 390
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bayram arafalarida oilalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatmlayotganligi fuqarolar shodligiga shodlik ulashmoqda.
Fargʻona shahrida ham Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan "Mahalla" xayriya jamoat fondi shahar boʻlinmasi tomonidan 265 nafar kam taʼminlangan oila vakillariga jami 147 million soʻm mikdorida bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga 8 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazib berildi. Fuqarolar berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun Davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.