Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sudlar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali huquqiy yordam koʻrsatish ishlari davom etmoqda
2022-07-08 08:07:49 404
Xususan, shahrimizda joylashgan "Oybek", "Furqat", "Al-Fargʻoniy" mahalla fuqarolar yigʻinlarida viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi M.Ummatova hamda Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudining raisi T.Mamatojiyev va D.Akramovalar tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari hamda hudud inspektorlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi "Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori hamda Oliy sudning 2022 yil 23 apreldagi MIB-61/22-sonli topshirigʻining ijrosini taʼminlash maqsadida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish yuzasidan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul oʻtkazildi.
Ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan sayyor qabul jarayonida ijtimoiy ogʻir vaziyatga tushib qolgan va unga yechim izlayotgan ayollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.