Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Navbatdagi sayyor qabul 3-sektor hududida oʻtkazildi
2022-07-06 11:52:20 370
Bugun Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan "Yormozor" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 30-maktabda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Unda hokim oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Fargʻona shahar boʻlimi mudiri Gʻayratjon Pattayevlar ham ishtirok etishdi.
Qabul davomida 60 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar, masʼul rahbarlar ishtirokida oʻrganildi. Yigirmadan ortiq moddiy yordam ajratish, ichimlik suvi tarmogʻini tortish, doimiy ishga joylashish kabi murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlar boʻyicha belgilangan tartibda oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʻlimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qabul soʻngida oʻtgan sayyor qabullar davomida tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasi ham muhokama etildi.