Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʻona shahar hokimi "Eko shahar" va "Yangi Oʻzbekiston bogʻi"da amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
2022-07-04 11:34:31 455
Eko shaharda 204 ta 21 660 xonadonli (85,5 ming aholi) koʻp qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan. Yangi massivda 10 ta bogʻcha, 6 ta umumtaʼlim maktabi, poliklinika, masjid hamda sogʻlomlashtirish majmuasi bunyod etiladi. 15 ta maʼmuriy idoralar qad rostlaydi, "Kichik sanoat zonasi"da esa 17 ta lotlar ajratiladi. Shahar hokimi qirilish sohasida olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratdi.
“Yangi Oʻzbekiston bogʻi” qurilishi ham jadallik bilan olib borilmoqda. Masʼullar ishtirokida mazkur bogʻdagi ishlar oʻrganildi. Daraxtlarni parvarishlash, koʻl va kichik kanalning qurilish ishlarini sifatli olib borish boʻyicha ham kerakli tavsiyalar berildi.