Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʻona shahrida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani oʻtkazildi
2022-06-27 10:49:47 425
Bugun ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari hamda blogerlar uchun Fargʻona shahriga Press-tur uyushtirildi.
Press-tur ishtirokchilari uchun dastlab Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va sektor rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani tashkillandi. Shahar hokimligining faollar zalida oʻtkazilgan matbuot anjumanida hududlarda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Jurnalist va blogerlar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga sektor rahbarlari tomonidan javoblar berildi.Shaharda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha bildirilgan takliflar ham oʻrganib chiqildi. Matbuot anjumani davomida 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vasitalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir ishtirokchilari qutlandi. Yurtimizda, ayniqsa Fargʻona shahrida olib borilayotgan islohotlar natijasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda faol boʻlgan jurnalist va blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari shahar hokimligining tashakkurnomasi, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Bir maqsad va hamkorlikda faoliyat olib borayotgan soha vakillari uchun bayram tadbiri ham oʻtkazildi.
Jurnalist va blogerlar shu kuni Fargʻona shahridagi 70 gektar maydonda bunyod etilayotgan eko-shaharga ham tashrif buyurishdi.
Fargʻona shahridagi “Eko shahar” hududida uy-joylar qurilishi, obodonlashtirish ishlari, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini tortish va “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” qurilishi uchun 6 trln. 131 mlrd.soʻm mablagʻ sarflanadi.
Eko shaharda 204 ta 21 660 xonadonli (85,5 ming aholi) koʻp qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan. Yangi massivda 10 ta bogʻcha, 6 ta umumtaʼlim maktabi, poliklinika, masjid hamda sogʻlomlashtirish majmuasi bunyod etiladi. 15 ta maʼmuriy idoralar qad rostlaydi, "Kichik sanoat zonasi"da esa 17 ta lotlar ajratiladi.
“Yangi Oʻzbekiston bogʻi” qurilishi uchun – 60 mlrd.soʻm ajratiladi. Shuningdek, “Yapon mehmonxonasi", "Yapon bogʻi" va "Savdo majmuasi” ham tub aholi hamda mehmonlar uchun shart-sharoitlar yaratish uchun qurilmoqda.
Hozirda hududda keng koʻlamli obodonlashtirish, qurilish va taʼmirlash ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda. Press-tur davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan toʻliq maʼlumotlar berildi.
Bugungi matbuot tadbirlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Fargʻona shahridan saylangan deputat, jurnalist Umidjon Jabborov ham ishtirok etdi.