Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2022-06-27 10:03:03 400
Bugungi sessiyada shahar hokim oʻrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot korxona rahbarlari taklif etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ-172-son Qarorining 9-bandi hamda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan joriy yil 16 maydagi oʻtkazilgan yigʻilishi bayoni bilan tasdiqlangan «Qishloq va mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obʼektlarining haqiqiy holatini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi tartib»ga asosan Fargʻona shahridagi 70 ta mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish va infratuzilma obʼektlarining haqiqiy holatini baholash boʻyicha tegishli ishchi guruh shakllantirildi.
Ishchi guruh tomonidan joriy yilning 14 iyun kunidan 20 iyun kuniga qadar shahardagi 70 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari barcha koʻrsatgichlar boʻyicha baholab chiqildi. Baholash natijalariga koʻra, mavjud 70 ta mahallarning 47 tasi yaxshi, 21 tasi oʻrta, 2 tasi ogʻir hudud deb baholandi.
Sessiya ishida oʻrganish va baholash yakunlari hamda ishchi guruh xulosasiga asosan shahardagi "Sharshara" hamda "Surxtepa" mahalla fuqarolar yigʻinlari “Obod qishloq” va «Obod mahalla» dasturiga kiritish uchun tanlab olindi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan soʻng qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.