Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fuqarolar uchun qulaylik va sharoitlar yaratiladi.
2022-06-27 09:50:36 380
Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov "Mirzo Ulugʻbek" mahalla fuqarolar yigʻinida korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻrganish olib bordi.
Oʻrganish davomida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ichimlik suvi, elektr va tabiiy gaz taʼminoti boʻyicha fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarga alohida eʼtibor qaratildi. Shu kunning oʻzida amaliy ishlar boshlandi. Shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamda uy-joy kommunal boʻlimi xodimlari tomonidan daraxtlar butaldi, ortiqcha chiqindilar olib chiqildi. Ichimlik suvidagi muammo, shuningdek shahargaz boʻlimiga tushgan murojaat ham oʻz oʻrnida bartaraf etildi.
Shahar hokimi mahalla hududini aylanib, obodonlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish, markaziy koʻchalarni asfaltlashtirish, bolalar maydonchalarini taʼmirlash, uylarning fasad qismida pardozlash ishlarini olib borish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi.