Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARGʻONA SHAHRILIK BITIRUVCHILARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI.

×

 2022-06-22 14:55:36    30

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasining faollar zalida shahar hokimining bitiruvchilar bilan uchrashuvi oʻtkazildi. Unda shahar hokimligi hamda xalq taʼlimi boʻlimi mutasaddi xodimlari, ustoz-murabbiylar, yoshlarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida shahar hokimi Vosiljon Nazarov soʻzga chiqib, bitiruvchilarni tabrikladi va ularning kelgusi maqsadoariga erishishlarida omadlar tiladi. Shundan soʻng maktabni oltin va kumush medallari bilan yakunlagan oʻquvchilarga masʼul rahbarlar ishtirokida medallar topshirildi va kitoblar sovgʻa qilindi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi bitiruvchilar bilan ochiq muloqotda suhbatlashdi. Bitiruvchilar oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi. Tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar yoshlarga oid davlat siyosati asosida navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, sport va boshqa yoʻnalishlarda isteʼdodini namoyon etishi, jamiyatda munosib oʻrin topishi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samaralari haqida toʻxtalib oʻtdilar. 
Maʼlumot uchun: joriy oʻquv yilida shahrimizdagi maktablarni jami 84 nafar, shundan 78 nafar bitiruvchi oltin medal bilan, yana 6 nafarlari esa kumush medal bilan bitirdi.