Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI SALOMATLIGI YOʻLIDA.
2022-06-16 12:54:26 541
Mamlakatimizda bolalar salomatligini yaxshilish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Viloyatimiz hamda shahrimizda ham yangi tibbiyot muassasalari bunyod etilib foydalanishga topshirilmoqda.
Jumladan, Fargʻona viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida qoʻshimcha 90 oʻrinli bino qurilmoqda. Davlat dasturi asosida 15.6 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib bunyod etilayotgan tibbiyot muassasasini foydalanishga topshirish joriy yilning sentyabrь oyiga rejalashtirilgan. Yangi bino zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Qurilish va taʼmirlash ishlarini Bahodirjon Akbarov rahbarligidagi Margʻilon shahar 426-XIKMK MChJning ishchi va xodimlari olib bormoqda. Jamiyatning 60 nafarga yaqin quruvchilar markazni belgilangan muddatda topshirish maqsadida astoydil mehnat qilmoqdalar.
Bugun Fargʻona viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari H.Isaqov, shahar hokimi V.Nazarov va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tibbiyot muassasasiga birinchi gʻisht qoʻyildi. Rahbarlar tomonidan qurilish korxonasi masʼullariga ishni sifatli va belgilangan tartib boʻyicha olib borish yuzasidan tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.