Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Navbatdagi sayyor qabulda fuqarolar uchun tibbiy koʻrik va mehnat yarmarkasi ham tashkillandi
2022-06-13 09:36:48 397
Bugun Fargʻona shahar hokimi, 1-sektor rahbari Vosiljon Nazarov tomonidan "Bobur" mahallasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Qabul davomida yuz nafarga yaqin fuqarolardan tushgan murojaatlar masʼul rahbarlar ishtirokida oʻrganildi. 50 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlar boʻyicha belgilangan tartibda oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʻlimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Noanaʼnaviy tarzda oʻtkazilgan qabulda fuqarolar uchun tibbiy koʻrik va mehnat yarmarkasi ham tashkillandi. Murojaatchilar ham aholi vakillari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Mehnat yarmarkasi orqali esa besh nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.