Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Avgust 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari muhim ahamiyatga egadir

×

 2022-06-10 13:45:48    70

PDF yuklash
Chop etish


Aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Hozirgi kungacha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Mazkur tadbir butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxatga olish 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga olish tadbiri ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar, aholi soni, aholining yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan.

Keyinchalik O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan. Aholining rivojlanishi uning tarkibiy tuzilishi, xususiyatlari va demografik jarayonlarning uzluksiz ravishda o‘zgarib borishi ta’sirida sodir bo‘lib boradi. Shu sababli aholini tadqiq etish doimiy ravishda xususiyatlarini kuzatib oorish talab etiladi.

Dastlab qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda kabi mamalakatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilgan.

Shu davrda soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun asosan erkaklar sonini aniqlash muhim bo‘lgan va asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Aholini ilk bor rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yil AQShda, keyinchalik 1800 yil Shvetsiya va Finlandiyada, 1801 yil Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo ro‘yxatga olish juda oddiy shaklda bo‘lib, uzoq muddatga cho‘zilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin aholini ro‘yxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda 179 ta davlatda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi. Aholini ro‘yxatga olish aholi xaqida axborot to‘plashning eng keng ko‘lamli va ko‘p maqsadli tadbirdir. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish

 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi aholini ro‘yxatga olish ishtirokchilarini 2023-yilda asosiy aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur kartografik materiallar bilan ta’minlaydi. Bunga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining, tuman va shaharlar ma’muriy-hududiy xaritalari, shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarning sxematik rejalari kiritilgan. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning tashkiliy rejasi hududiy komissiyalar tomonidan tumanlar, shaharlar va viloyatlar bo‘yicha alohida tuziladi.

Ro‘yxatga olish uchastkalarining chegaralari har bir ro‘yxatga olish uchastkasiga to‘g‘ri keladigan yuklama o‘rtacha 8 750 - 11 250 kishini hisobga olgan holda ma’muriy-hududiy bo‘linish yaxlitligini saqlash sharti bilan belgilanadi. Ro‘yxatga olish uchastkalari har bir instruktorga to‘g‘ri keladigan yuklamani (qishloq joylarda o‘rtacha 1 750 kishi va shaharlarda o‘rtacha 2 250 kishi) va aholi punktidagi aholi zichligini hisobga olgan holda instruktorlik uchastkalariga bo‘linadi. Instruktorlik uchastkalari har bir ro‘yxatga oluvchiga to‘g‘ri keladigan yuklama o‘rtacha 350 - 450 kishidan kelib chiqib hisob uchastkalariga bo‘linadi. Hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi qaroriga asosan borish qiyin bo‘lgan va olis hududlarda hisob uchastkasidagi aholining soni o‘rtacha 250 nafardan iborat bo‘lishi mezon sifatida olinadi. Ayrim hollarda uchastkalarni tuzishda ro‘yxatga oluvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuklama belgilangan normalardan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Hisob uchastkasi, instruktorlik va ro‘yxatga olish uchastkalari sonidan kelib chiqib ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni aniqlanadi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga jalb qilingan xodimlar quyidagi toifalar bo‘yicha jalb qilinadi:

Respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qo‘mita markaziy apparati hamda Qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari, hududiy komissiyalar a’zolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman va shahar ro‘yxatga olish bo‘limlari hamda ro‘yxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlaridan iboratdir. Bundan tashqari normativ-huquqiy hujjatlar, qo‘llanma va ma’lumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro‘yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hokimliklari aholini ro‘yxatga olish uchun jalb etiladigan shaxslarni belgilangan talablar asosida tanlab oladi va ro‘yxatini shakllantiradi

 Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Qo‘mitaning hududiy statistika organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududi shartli ravishda uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga bo‘linadi, bunda uchastka chegaralari o‘rtacha 750 ta uy-joyni qamrab oladi. Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar sonini shakllantirishda ko‘zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda asosiy tarkibga qo‘shimcha ravishda ish haqi to‘lanmagan holda 5 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi. Har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarni statistika organlari, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, kadastr idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olish tuman va shahar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda shartnoma asosida amalga oshiriladi. Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar 2022-yil 1-avgustdan 1-sentabrgacha bo‘lgan davrda maxsus o‘qitiladi hamda bino va uy-joylar ro‘yxatini tuzish uchun jalb etiladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar o‘z uchastkasini xatlovdan o‘tkazish davomida respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi, ularga tegishli belgi qo‘yadi va zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi.

Aholini hisobga olish davri nima?

Aholini ro‘yxatga olishni aniq bir muddatda o‘tkaziladi. Bu tadbir odatda 10 kundan –12 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha  oygacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilda. Aholini hisobga olish davri ayrim holatlarda aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti deb ham yuritiladi. Aholini ro‘yxatga olish davridan qat’iy nazar aholini ro‘yxatga olish birinchi kuni soat 00-00 daqiqa holati bo‘yicha qayd etiladi.

Misol uchun chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin dunyoga kelsa, u aholi ro‘yxat olish tadbirida ro‘yxatga olinmaydi. Ammo kimdir bu nozik vaqtda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi sifatida ro‘yxatga olinadi.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirida necha yoshdan boshlab ishtirok etish mumkin?

Aholini ro‘yxatga olishga yoshdan qat’iy nazar, mamlakatning barcha aholisi ishtirok etadi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish vaqtida yashash joyi (turar joyi) bo‘yicha o‘zi bo‘lmagan fuqarolar yoki voyaga yetmaganlarning ma’lumotlari uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zosi tomonidan ma’lum qilinadi. Vasiylik va homiylikka olingan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlar ularning vasiylari yoki homiylari tomonidan ma’lum qilinadi. Ota-onalar yosh bolalar haqida ma’lumot beradilar. 

Aholini ro‘yxatga olish bizga nima beradi?

Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin.