Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Inson_qadri_uchunFargʻonada ishsiz yoshlarga mehnat qurollari, talabalarga esa sertifikatlar topshirildi

×

 2022-06-08 09:12:59    117

PDF yuklash
Chop etish


Fargʻona shahrida xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning bandligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.Bugun Fargʻona politexnika institutida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 30 nafar yosh ishsiz fuqarolarga oʻzini oʻzi band qilishi uchun amaliy yordamlar koʻrsatildi. 
Har bir ishsiz yoshlar bilan soʻrovnomalar oʻtkazilib, ularning kasb-hunar qobiliyati, qiziqishi hisobga olindi. Ularning talab va istaklariga koʻra mehnat qurollari topshirildi. Shuningdek, 27 nafar talaba yoshlarning ham kontrakt mablagʻlari jamgʻarma hisobidan toʻlab berildi.
Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Hurshidjon Ahmedov, shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, shahar hokimi oʻrinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi shahar boʻlimi xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.