Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Avgust 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ma’lumotlar qanchalik aniq bo‘lsa, natijasi samarali bo‘ladi

×

 2022-06-02 12:28:34    91

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 710- sonli qarori bilan mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini samarali o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning mezonlari belgilab  berilgan.
Aholini ro‘yxatga olish  keng qamrovli, ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladigan tadbir hisoblangani bois, mazkur qaror bilan ushbu 3 bosqichda amalga oshiriladigan jarayonda (tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish) bir qator mas’ul davlat idoralarining vazifalari ko‘rsatilgan.
Ro‘yxatga olish ishlari bevosita mahallalar kesimida tashkil etiladi. Mahalla, ko‘cha, xonadon va u erda yashovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qanchalik aniq va to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish ishlarining natijasi shunchalik samarali bo‘ladi. Shu boisdan tayyorgarlik ishlarining aksariyatini bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda  olib borish belgilangan.
Xususan, aholini ro‘yxatga olishga taraddud ko‘rish mobaynida statistika idoralari va mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan hakorlikda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olib, aholi punktlarida yashovchi (doimiy ro‘yxatda turgan) aholi sonini ko‘rsatgan holda, aholi punktlarining to‘liq ro‘yxati tuzilishini ta’minlash, har bir mahallada mavjud ko‘chalarning nomlari, uylar va kvartiralarning raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishini ta’minlash,  aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish kabi muhim ishlar kiritilgan.