Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov bitiruvchi yoshlarga zafarlar tiladi

×

 2022-05-25 18:25:25    73

PDF yuklash
Chop etish


Shahrimizdagi 43 ta maktabda  “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtdi. 2-, 6- va 9-umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻtgan tadbirlarda shahar hokimi, faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, maktabning sobiq bitiruvchilari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Vosiljon Nazarov tomonidan  Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi. Shundan soʻng, shahar hokimi bitiruvchi yoshlarga keyingi yoʻllarida oʻz oʻrinlarini topishlariga umid bildirdi.
Tadbir davomida oʻquv yili davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar va oʻquvchilarga faxriy yorligʻ hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, maktabning iqtidorli oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar havola etildi. Soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari bilan tantanalarga yakun yasaldi.