Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi
2022-05-24 17:47:35 953
Fargʻona shahridagi 12-oʻrta taʼlim maktabida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha jinoiy ishlar boʻyicha Fargʻona shahar sudining sudьyasi K.Rahimov va sudьya yordamchisi A.Erkaboyev ishtirokida 2021 yilda maktab oʻquvchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.
Unda pedagog xodimlar va 8-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan qonunchiligimizda belgilangan meʼyorlar, sodir etilgan jinoyat boʻyicha javobgarliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi.
Shuningdek, davra suhbati davomida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ham berildi.