Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Dolzarb masalalar muhokama qilindi

×

 2022-05-19 18:07:49    726

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq ellik sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda hokim oʻrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot va muassasalar rahbarlari taklif ishtirok etishdi. Sessiyani xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi raisi, shahar hokimi Vosiljon Nazarov ochdi va olib bordi.
Bugungi sessiyasining kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
-Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida hamda “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida. Maʼruzachi -  shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Boburjon Moʻminov.  
-Fargʻona shahri hududida 2022 yilning 4 oyi davomida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida. Maʼruzachi - Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi Axadjon Akramov.
-Shaharda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turarjoylar bilan taʼminlash, ularni oilaviy bolalar uylariga joylashtirish, hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar holati toʻgʻrisida. Maʼruzachi - Fargʻona shahar hokimligi bolalarni himoya qilish shoʻʼba mudirasi Lolaxon Kadirova.
-2022 yil 1-chorak yakunlari boʻyicha shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalarini ijrosi toʻgʻrisida. Maʼruzachi - Fargʻona shahar Moliya boʻlimi boshligʻi Shuhratjon Inoyatov.
-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 8 apreldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi toʻgʻrsida. Maʼruzachi -  Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi Jahongir Akramov.
Shuningdek, sessiya davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli Farmoniga asosan, shahardagi 11-43-oʻrta talim maktablarida boʻshab qolgan(vakant) direktorlik lavozimlariga yangi direktor tayinlash maqsadida viloyat Xalq talimi boshqarmasi tomonidan 11- va 43-oʻrta taʼlim maktab direktorligiga tavsiya etilgan nomzodlarning maktab direktorligi faoliyati uchun kelgusidagi 3 yillik dastur yuzasidan taqdimotlari ham eshitildi.
Deputatlarning ovoz berishlari orqali nomzod Mavlonova Zuhraxon Rahmonovna 11- hamda Gʻaniyev Sohibjon Saminovich esa 43-taʼlim maktab direktorligiga tavsiya etildi.Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.