Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʻona shahar fuqarolaridan tushgan takroriy va ijobiy hal etilmagan murojaatlar qayta oʻrganilmoqda

×

 2022-05-11 17:30:39    529

PDF yuklash
Chop etish


Fargʻona shahrida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sayyor qabullar davomida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Ishonch telefonlari, virtual qabulxonalar orqali tushgan murojaatlar ham doimiy nazoratga olingan.

Murojaatlarning muntazam tahlil qilib borilishi orqali faoliyatini samarali yoʻlga qoʻymagan boʻlimlar, korxona va tashkilotlarga amaliy yordamlar koʻrsatish bilan birga ogohlantirishlar hamda intizomiy choralar ham berilmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tushgan murojaatlar Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan tahlil qilindi. A.Qodiriy, Madadkor, Toʻqimachilar va Shakarqishloq mahallalarida yashovchi oʻnga yaqin fuqarolar tomonidan bir turdagi murojaatlar ijobiy hal etilmagani bois bir necha bor takroran yana qayta yoʻllangan.

Murojaatlar shahar hokimi hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida joyiga borib oʻrganildi. 4 ta murojaat joyida hal etildi. Yana ikkita murojaat ham "Fargʻona suv taʼminoti" MChJ shahar filiali xodimlari tomonidan ayni damgacha hal etildi.

Shakarqishloqlik Valijon Abdullayevning avtoavariya natijasida oʻzini sogʻligʻini tiklash hamda uy-joyini taʼmirlash boʻyicha qilgan shikoyati yuzasidan ishchi guruhi tuzildi. Shuningdek, "A.Qodiriy" mahallasida yashovchi fuqaro Zulfiyaxon Kamolovaning sud-huquq masalasida qilgan murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. 

Fargʻona shahar fuqarolaridan takroriy va ijobiy hal etilmagan murojaatlarni qayta oʻrganishlar davom etmoqda.