Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHAR HOKIMLIGI HAMDA FARG’ONA SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMI OGOHLANTIRADI!
2021-11-16 13:04:44 751
Hurmatli shahrimiz fuqarolari hamda mehmonlari, Sizlardan shuni unutmasligimiz so’rab qolamizki, kunlarning sovishi natijasida fuqarolarning issiqlikka bo’lgan talablari yanada ortishi tabiiy hol. Xonadonlarni isitishda esa tabiiy gaz, elektr isitish asboblari yoki yoqilg’ining boshqa turlaridan foydalanamiz. Tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, targ’ibot-tashviqot, tushuntirish ishlariga qaramasdan aholi o’rtasida tabiiy va is gazlaridan zaharlanish, yong’in, gaz chaqnashi bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi hamda fuqarolarning yuqori darajalarda kuyishi, uy-joylarning yonish-portlash natijasida vayron bo’lishi eng achinarlisi ularning bevaxt xayotdan ko’z yumishlari holatlari ham uchramoqda.
Xo’sh, qish mavsumidan oldin biz xonadonlarimizdagi isitish tizimlarining mavsumga shayligi to’g’risida o’ylab ko’rdikmi? Isitish asboblari, isitish pechlarimiz, tabiiy gaz tarmoqlarimiz foydalanishga shay holdami? Mo’rilarimizning tozaligini ko’rib chiqdikmi?. Eng avvalo shularga e'tiborli bo’lib kerakli mutaxassislar ko’rigidag o’tkazgandan so’ng foydalanish maqsadga mufoviq bo’ladi.
Shuningdek bozorlarda, savdo shahobchalaridadan oziq-ovqat maxsulotlari va konserva maxsulotlarini harid qilishda uning yaroqlilik muddatini ko’rish lozim. Uy sharoitda tayyorlangan tez buziluvchi oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olmaslik maqsadga muvofiq bo’ladi.
Botulizm (lotincha Slastridium botulinum «botulus» - kolbasa so’zidan olingan) - ovqat toksikoinfektsiyasi gruhiga kiruvchi o’tkir zoonoz kasallik.
Botulizm – ovqatdan zaharlanishlar ichida og’ir kechadigan kasallikdir.Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste'mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi. Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda ko’payadi, hamda inson uchun xavfli bo’lgan zahar ishlab chiqaradi. Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot, meva, qo’ziqorin, go’sht, baliq), dudlangan tovuq go’shti, kolbasa mahsulotlarini iste'mol qilinganda kelib chiqadi.
Konservalash jarayonida gigiyenik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, botulizm toksini konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yig’ilishi natijasida qopqog’i ko’tarilib qoladi. Bunday maxsulotlardan foydalanish “Botulizm” kasalligining o’ziga chaqirib olish bilan barobardir.
Hurmatli fuqarolar, ko’zimizga arzimas ko’ringan sabablar ham nohush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini aslo unutmang. Aholini tabiiy va is gazi hamda oziq-ovqat maxsulotlaridan zaharlanishini, oldini olish tadbirlari nafaqat mutasaddi tashkilotlar tomonidan, balki har bir xonadon egalari va barcha fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi darkor.
Aziz yurtdoshlar, barchangizni yuqorida aytib o’tilgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish tadbirlarida ogohlik va faollikka chaqiramiz.
Farg’ona shahar hokimining maslahatchisi F.Mamajonov
Farg’ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi,
bo’linma boshlig’i kapitan A.Apponov