Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHAR HOKIMLIGI E'LONI

×

 2021-11-10 20:16:33    70

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatining 1052 ta mahallasida joriy etilayotgan Hokim yordamchisi lavozimiga ochiq tanlov e'lon qilinadi, shu qatorida Farg’ona shahridagi mavjud 70 ta maxalla fuqarolar yig’inlariga xam ochiq tanlov e'lon qilinadi.

Hozirgi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish, ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan mahallalar bilan manzilli ishlash va ularning “o’sish nuqtalari”ni hayotga tatbiq etish maqsadida hududlarda tashkil etilgan “mahallabay” ishlash tizimi o’z samarasini bermoqda.

Endilikda “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, xususan “Mahalladan chiqmay turib barcha xizmatlardan foydalanish” tamoyili asosida davlat tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar taqdim etilishiga imkon yaratish maqsadida respublikamiz bo’ylab ilk marotaba tajriba tariqasida Hokim yordamchisi lavozimi joriy etilmoqda.

Lavozimga qo’yiladigan asosiy talablar:

Hokim yordamchisi lavozimiga oliy ma'lumotli, mahallaning shart-sharoitini yaxshi biladigan, moliya va iqtisodiyot sohasida kamida 2 yil mehnat stajiga hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash masalalarida tajribaga ega bo’lgan, iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiya va tashqi savdo boshqarmalari, viloyat soliq boshqarmasi, tijorat banklari viloyat filiallari va boshqa iqtisodiy va investitsiya kompleksiga kiruvchi boshqarma va idoralar, hamda ularning shahar va tumanlar bo’linmalarining bo’lim (sho’'ba) boshlig’idan past bo’lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlari tayinlanadi.

Hokim yordamchisining asosiy vazifalari:

a) mahalla fuqarolar yig’ini (keyingi o’rinlarda – mahalla)dagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni “xonadonbay” o’rganish, jumladan aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo’lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish orqali mahalla to’g’risida kompleks ma'lumotlar bazasi (pasporti)ni shakllantirish;

b) mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha shakllangan ixtisoslashuvi va mehnat resurslarini inobatga olgan holda uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo’nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy o’sishini ta'minlash; 

v) mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi faoliyatlarini yo’lga qo’yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida kreditlar olishga ko’maklashish;

g) mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish istagini bildirgan “etakchi” tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish hamda ularga mustaqil tadbirkorlik bilan shug’ullanish salohiyatiga ega bo’lmagan aholini o’z faoliyatini yo’lga qo’yishi uchun biriktirish; 

d) mahalladagi ish bilan band bo’lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanishini yo’lga qo’yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug’orish uchun vertikal sug’orish quduqlarini burg’ilash, qishloq xo’jaligi kooperativiga a'zo bo’lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to’lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qishi uchun subsidiyalar olishga ko’maklashish;

e) mahalladagi mavjud bo’sh ish o’rinlarini hamda xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning mavsumiy ishchilarga bo’lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kirgan yoshlar va xotin-qizlarni bo’sh (vakant) ish o’rinlariga joylashtirish hamda haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

   j) doimiy daromad manbaiga ega bo’lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning ishtiyoqini o’rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o’rgatuvchi o’quv markazlariga yo’naltirish va o’qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta'minlashga yordam berish;

   z) mahalladagi bo’sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik sub'ektlariga ajratish bo’yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;

  i) mahalladagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to’siq bo’layotgan muammolar va murojaatlarini (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo’lga qo’yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo’sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishiga ko’maklashish orqali ularning faoliyatini kengaytirish choralarini ko’rish; 

   k) mahalladagi oilalarning moddiy-ijtimoiy ahvoli to’g’risidagi zarur bo’lgan ma'lumotlarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot dasturiga kiritib borish.

  Hokim yordamchisi har oyda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari bilan birgalikda hokimga hisobot berib boradi.

   3. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi va Jamoat ishlari jamg’armasi, Fermer, dehkon xo’jaliklari va yer egalarini qo’llab quvvatlash jamg’armasi, “Sahovat va ko’mak” jamg’armasi, “Ayollar daftari” jamg’armasi, “Yoshlar daftari” jamg’armasi mablag’lari hisobidan aholini tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, o’zini o’zi band qilish va ish bilan ta'minlash bo’yicha ajratiladigan subsidiyalar tegishli mahallaga biriktirilgan Hokim yordamchisi xulosa bergandan so’nggina ajratiladi.

Hokim yordamchisi yuqoridagi yo’nalishlar bo’yicha kreditlar va subsidiyalar ajratish uchun xulosa berishni amalga oshirilishi ko’zda tutilgan loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur o’rgangan holda amalga oshiradi.

Hokim yordamchisining mavjud dastaklari:

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida har bir mahalladagi xonadonlarga va yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratish uchun kredit resurslari limiti ixtiyori beriladi.

Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan ishsiz fuqarolar uchun asbob uskunalar va mini texnologiyalar xarid qilishga har bir mahallaga subsidiya uchun kupon beradi.

Haq to’lanadigan jamoat ishlariga fuqaroni jalb qilish uchun har bir mahallaga kupon beradi.

Har bir mahallada fuqaroni kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitish uchun vaucher beradi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit, subsidiyalar, moddiy yordam va nafaqalar ajratish uchun xulosa beradi.

“Ijtimoiy shartnoma”larni imzolash hamda shartnoma shartlarining bajarilishini ta'minlaydi.

 Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farg’ona shahar hokimligi tomonidan joriy etilayotgan, Farg’ona shahridagi 70 ta mahalla fuqarolar yig’inining har biri bo’yicha tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchisi lavozimiga ochiq tanlov e'lon qilinadi. Nomzodlar murojaatlari 15 noyabrgacha qabul qilinadi.

Hokim yordamchisi lavozimga tayinlangan kundan e'tiboran, Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda mehnat faoliyati natijadorligiga ko’ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi takliflariga asosan yuqori lavozimlarga tanlovsiz to’g’ridan-to’g’ri o’tkaziladi.


☎️ Murojaat uchun telefonlar +99873 243-91-50), +99873 243-91-55, +99891 123-17-78

 Ma'lumotnoma (ob'ektivka) yuborish uchun +99891 123-17-78 telegram raqami.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram