Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA FUQARO HAKIMOVA GULIRAYHON TURSIN QIZINING UY MUAMMOSI BO’YICHA MUROJAATI TARQALISHI YUZASIDAN FARG’ONA SHAHAR HOKIMLIGINING RASMIY MUNOSABATI
2021-10-12 19:00:43 690
Farg’ona shahar hokimligi axborot xizmati shuni malum qiladiki, ushbu murojaat bir necha oy oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ya'ni eski murojaat bo’lib, ayni videomurojaat tarqalgan vaqtning o’zida Farg’ona shahar hokimligi tomonidan darhol ishchi guruh tuzilgan va masala joyida bevosita murojaat muallifining ishtirokida muhokama qilingan (o’rganish mobaynida dastlab murojaatchi fuqaroning shaxsiga aniqik kiritilgan. Shunga ko’ra fuqaro Hakimova Gulirayhon Tursin qizi Farg’0na viloyati Toshloq tumanida doimiy ro’yhatda turib, Farg’ona shahrida doimiy ro’yxatdan o’tmagan holda vaqtincha yashashi aniqlangan).
Muhokama jarayonlarining videolavhasi shahar hokimligining “You tube” kanalidagi rasmiy sahifasida joylashtirilgan (https://www.youtube.com/watch?v=nJcR8VEHcqs).
Huddi shuningdek, ishchi guruh fuqaro bilan suhbatlashib, uning muammolari va videomurojaatda keltirgan vajlarini atroflicha o’rgabdi. O’rganish jarayonida fuqaro tomonidan hokimlik xodimlarining xatti-harakatlari va ayol kishiga nisbatan g’ayritabiiy munosabatda bo’lganliklaridan norozilik kayfiyatida bildirilgan fikirlari (dalil keltirilmaganligi, aniq shaxslar haqida ma'lumot aytilmaganligi sababli) asossiz deb topildi. Aynan fuqaro o’z so’zlarida hokimlik binosining tashqarisida turgan noma'lum kimsalar uning muammosini hal qilib berish, evaziga ahloq normalariga zid munosabatda bo’lishni taklif qilgan. Shu o’rinda yuqoridagi fikrlarni takrorlagan holda shu ta'kidlanadiki, videomurojaat muallifi aytib o’tgan kimsalar Farg’ona shahar hokimligida ishlaydigan xodimlar ekanligi tog’risida (fuqaroda) aniq bir dalil mavjud emas.
Bundan tashqari, fuqaro qo’shiqchilik san'ati sohasiga oid faoliyat bilan shug’ullanganligi sababli mahalla fuqarolari yig’ini tomonidan doimiy ish joyi bilan ta'minlash bo’yicha berilgan takliflarga rozilik bermagan. Shunday bo’lsada ishchi guruh o’rganish davrida fuqaroga o’zi yashab turgan hududda jamoatchilik bo’yicha mehnat inspektori bo’lib ishlash taklifini berdi. Hozirda fuqaro taklif qilingan ish joyida faoliyat yuritmoqda.
O’rganish jarayonlarining yakunida Farg’ona shahar hokimligining xo’jalik hisobidagi uy-joy bo’limi boshlig’i J.Baxtiyorov tomonidan fuqaroga uy-joy olish masalalari bo’yicha to’liq tushunchalar berildi hamda hokimlik tasarrufidagi yotoqxonaga joylashtirish kitobiga ro’yxatga kiritildi.
Farg’ona shahar hokimligi axbarot xizmati fuqarolarga tekshirilmagan, o’z tasdig’ini topmagan masalalarni to’liq o’rganmasdan turib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish qonunga xilof ekanligini eslatib o’tadi.