Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA 2020-2021 YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA “HUDUDGAZ FARG’ONA” TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

×

 2021-09-27 12:51:11    876

PDF yuklash
Chop etish



Farg’ona shahridagi ist'emolchilarga tabiiy gaz Farg’ona Magistral gaz quvurlari boshqarmasi tassarufidagi 3 ta, ya'ni Janubiy Sharkiy, Kuchkurchi va Kora-suv gaz taksimlash stantsiyalari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

         Gaz taksimlash qurilmalaridan qabul qilingan gaz xajmi filiali tassarufidagi 51 ta yuqori, 1256 ta o’rta bosimli jami 1307 ta gaz taqsimlash qurilmalari xamda jami 1 155,280 pm uzunlikdagi yuqori, o’rta va past bosimli gaz quvurlari mavjud bo’lib, shundan (92,090 pm yuqori, 201,362 pm urta va 861,828 pm past bosimli) gaz quvurlari orkali tabiiy gaz ist'emolchilarga yetkazib berilmoqda. (gaz kuvurlarini 410,607 pm yer osti va 744,673 pm yer usti gaz quvurlarini tashkil qiladi.

Fargona shaxar bulimi tomonidan 2020-2021 yillar kuz-qish davriga tayyorgarlik ko’rish rejasi ishlab chiqilib, rejaga asosan 1307 ta gaz taqsimlash uskuna (GRP) larini taftishdan tulik utkazildi Gaz quvurlarini asboblar yordamida tekshirish rejaga asosan 21,6 km bajarildi. Gaz quvurlarini zichlikka sinash va havo yordamida tozalash ishlari rejasi 42,4 km rejalashtirilgan, xozirgi kunda 42,7 km zichlikka sinash ishlari bajarildi. Gaz taqsimlash uskunalarini bo’yash rejasi 58 dona bo’lib, hozirgi kunga qadar 58 donasini bo’yash ishlari amalga oshirildi. YEr usti gaz quvurlarini bo’yash rejasi jami 21,3 km belgilangan bulib, xozirgi kunda 22 km gaz kuvurlarini buyash ishlari bajarildi.

              2020-2021 yillar kuz-qish davrida ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmagan va kafolatlanmagan (mavsumda o’chiriladigan) va kuz-qish davrida tabiiy gaz tarmog’idan o’chirib bo’lmaydigan ulgurji iste'molchilar, ya'ni ijtimoiy soha ob'ektlari ro’yxati ishlab chiqildi, o’tin, ko’mir, ko’mir briketi kabilarning zahirasini tayyorlash bo’yicha tushuntirish-targ’ibot ishlari olib borildi. Shuningdek kuz-qish davrida tabiiy gaz tarmog’idan uzib bo’lmaydigan o’ta muhim va toifalangan ob'ektlar ishlab chiqildi.

“Xududgaz Farg’ona” gaz ta'minoti Farg’ona shaxar bo’limi suyultirilgan gaz xizmati tomonidan 2395 ta axoli xonadonlar bilan suyultirilgan gaz yetkazib berish bo’yicha shartnoma tuzilgan va gaz ballonlar bilan ta'minlangan, 2020 yil davomida 213,14 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan, lekin Farg’ona shaxar xududida tabiiy gaz ta'minoti qoniqarli bo’lganligini inobatga olib, axoli talabidan kelib chiqib 2020 yilning noyabr kunigacha 89.72 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

              2020-2021 yil kuz kish mavsumida 138.1 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish belgilangan bo’lib 2020 yilning oktyabr noyabr oylari davomida (28.11.2020 yil xolatiga) 24.3 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Farg’ona shaxar gaz bo’limi ombori zaxirasida bugungi kunda 166 ta gaz ballon mafjud.


2021 yil 4-5 fevral kunlari muxtaram Prezidentimizning Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida viloyat hamda shahrimiz mutasaddi korxona va tashkilot raxbarlariga bergan vazifa xamda topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida, shahrimizning 4-sektoriga aloxida e'tibor qaratildi. Asosan, “Shodiyona” maxalla fuqaro yig’ini xududida birinchi navbatda obodonlashtirish, ko’kalamzortish, axoliga sharoitlarni yaratishda, kommunal infratuzilmasini yanada takomalashtirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

       Ushbu maxalla fuqarolar yig’ini xududdagi ishlari olib borilishida, bo’limimiz tomonidan xonadonlarni, ko’p qavatli uylarni tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun o’rnatilgan gaz taqsimlash qurilmalari texnik ko’rikdan o’tkazildi, yer osti va yer usti gaz quvurlari joriy ta'mirlandi, yer usti gaz quvurlari tartibga keltirilib, quvurlar bo’yoqlandi, gaz quduqlari ta'mirlandi, xududdagi ko’p kavatli uylarga keltiruvchi yer usti past bosim gaz quvuridagi gaz zulfinlari joriy ta'mirlandi, yaroqsizlari almashtirildi. Xududdagi gaz ta'minoti qoniqarsiz bo’lgan ko’chalarga gaz ta'minotini yaxshilash uchun gaz quvurlari qayta montaj ishlari bajarildi. Maxalla fuqaro yig’inidagi tabiiy gaz bilan gazlashtirilgan xonadonlarga zamonaviy “aqilli” gaz xisoblash uskunalari o’rnatilmoqda.

Jumladan:

•       Soxibqiron Temur ko’chasidagi ko’p qavatli uylariga keltiruvchi 280 p/m yer usti gaz quvurlari joriy ta'mirlandi;

•       Soxibqiron Temur ko’chasidagi ko’p qavatli uylariga keltiruvchi 550 p/m yer usti gaz quvurlari bo’yoqlandi; 

•       “Shodiyona” MFY binosi yangitdan qo’rilishi munosabati bilan, MFY oldidagi gaz taqsmilash qurilmasi va yer osti gaz quvuri xavfsiz xududga ko’chirib berildi; 

•       Soxibqiron Temur ko’chasidagi ko’p qavatli uylarga keltiruvchi o’rta va past bosimli gaz quvurlari va gaz taqsimlash qurilmasi obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan xavfsiz xududga ko’chirib berildi;

•       Soxibqiron Temur, Farobiy, Tiniqsoy va Soxibqiron Temur tor ko’chalaridagi 15 dona gaz taqsimlash uskunalari taftishdan o’tkazildi va bo’yoklandi;

•       Tiniksoy ko’chasidagi 120 p/m yer usti gaz quvurlarini bo’yoklash ishlari bajarildi;

•       Soxibqiron Temur ko’chasidagi xarbiy xizmatchlariga ko’rilgan ko’p qavatli uylarga tortilgan yer usti gaz quvurlarida o’rnatilgan gaz zulfinlari ta'mirlandi va yaroqsizlari almashtirildi, gaz tarmoqlari bo’yoqlandi;


Soxibqiron Temur tor ko’chasidagi 150 p/m yer usti gaz quvurlari bo’yoklandi.

•       Gaz ta'minoti qoniqarsiz bo’lgan Farobiy ko’chasidagi axoli xonadonlariuchun 150 p/m gaz quvurlari yangitdan montaj ishlari bajarildi;

•       Soxibqiron Temur ko’chasidagi axoli xonadonlarini gazta'minotini yaxshilash maqsadida 250 p/m gaz quvurlari yangitdan montaj ishlari bajarildi;

•       Muborak ko’chasidagi axoli xonadonlarini gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida 350 p/m gaz quvurlari yangitdan montaj ishlari bajarildi;

•       Oq yo’l va Soxibqiron Temur ko’chalarida 3 dona yer osti gaz quduqlari taftishdan o’tkazildi;

•       Soxibqiron Temur tor ko’chasi, Tiniqsoy va Muborak ko’chalaridagi axoli xonadonlariga yangi zamonaviy “aqilli” gaz xisoblash uskunalari o’rnatilmoqda; 

•       Soxibqiron Temur va Oq yo’l ko’chalarida obodonlashtirish, xonadonlarni fasad qismlarini tartibga keltirib, bo’yoqlash ishlari olib borildi.

•       Maxalla fuqarolar yig’ini xududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari jarayonida o’rnatilayotgan suv oqish lotoklari o’rniga tushib qolayotgan barcha yer osti gaz quvurlari belgilangan tartibda xavfsiz joylarga qayta ko’chirib berilmoqda.

Shuningdek, muxtaram Prezidentimizning 2021 yil 2 aprel kungi ""Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PQ-5048-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, shahrimizning “Obod mahalla” dasturi doirasida shahardagi “Yormozor” (oila soni 2029 ta, aholi soni 5580 nafar) hamda “Oqariqobod” (oila soni 356 ta, aholi soni 1300 nafar) mahalla fuqarolar yig’inlari kiritilgan bo’lib, maskur maxalla fuqaro yig’inlari xududida birinchi navbatda obodonlashtirish, ko’kalamzortish, axoliga sharoitlarni yaratishda, kommunal infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Ushbu maxalla fuqarolar yig’inlari xududdagi ishlari olib borilishida, bo’limimiz tomonidan xonadonlarni tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun o’rnatilgan gaz taqsimlash qurilmalari texnik ko’rikdan o’tkazildi, yer osti va yer usti gaz quvurlari joriy ta'mirlandi, yer usti gaz quvurlari tartibga keltirilib, quvurlar bo’yoqlandi, gaz quduqlari ta'mirlandi, xududdga keltiruvchi yer usti past bosim gaz quvuridagi gaz zulfinlari joriy ta'mirlandi, yaroqsizlari almashtirildi.

“Obod mahalla” dasturi doirasida “Yormozor” va “Oqariqobod” maxalla fuqaro yig’inlari xududida jami 3,8 km (“Yormozor” MFY xududida 1,2 km va Oqariqobod” MFY hududida 2,6 km) uzunlikdagi gaz tarmoqlarini joriy ta'mirlash belgilangan bo’lib, amalda jami 3,8 km (“Yormozor” MFY xududida 1,2 km va Oqariqobod” MFY hududida 2,6 km) gaz tarmoqlari joriy ta'mirlandi, quvurlar tartibga keltirilib bo’yoqlandi. Shuningdek, jami 44 dona (“Yormozor” MFY xududida 23 dona va Oqariqobod” MFY hududida 21 dona) gaz taqsimlash qurilmalarini texnik taftishdan o’tkazish belgilangan bo’lib, rejalashtirilgan ishlar to’liq bajarildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram