Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHAR HUDUDIDAGI 32000 DAN ZIYOD ISTE'MOLCHILARNI UZLUKSIZ VA SIFATLI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASHGA  ERISHILADI

×

 2021-09-24 16:14:26    845

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi

“2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi qurilish dasturi to’g’risi”dagi PQ-2661 sonli qarori doirasida        

2021 yilda 43 ta MFY hududida 24551 ta aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun 75,2 km elektr tarmoq qurish va 18 dona transformator punkti o’rnatilishi rejasi belgilangan bo’lib, yanvar-sentyabr oylari davomida “Sharshara” “Shakarqishlok”, “Shodiyona”, “Yormozor”, ”1-Besh bola”,”Ibrat”,”Ipakyo’li”,”Iftixor”,”Mustaqillik”, ”Beglar”, ”Jo’ydam” MFYlarda 38,7 km elektr tarmoq hamda 9 dona transformator punkti 6 dona quvvati 400 kVa, 2 dona quvvati 250 kVa, hamda 1 dona quvvati 160 kVa bo’lgan TP lar qurildi va 2500 nafardan ortiq aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga erishildi.


PQ-5048 “Obod maxalla” dasturi doirasiga shahardagi 2 ta MFYlari "Yormozor", "Oqariqobod" kiritilgan. "Yormozor" MFY "Musaffo" ko’chasi hududiga 20 dona temir beton tayanch o’rnatilib, 1,1 km tarmoq tortildi va 1 dona quvvati 250 kVa bulgan transformator punkti o’rnatildi. "Oqarikobod" MFY  "Oqarikobod" ko’chasiga 49 dona temir beton tayanch o’rnatilib, 2,3 km tarmoq tortildi va bir dona quvvati 160 kVa transformator o’rnatildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

4-5 fevral kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan, shahardagi “og’ir” hududlar bo’lgan 5 ta "Yormozor", "Shodiyona", "Oqariqobod", "A.Jomiy" hamda "Jo’ydam" MFYlarda 10,2 km elektr tarmoqlari qurish va 4 ta transformator punktlarini yangidan qurish va rekonstruktsiya qilish belgilangan bo’lib amalda "Shodiyona" MFY hududiga 12,1 km tarmok, 1 dona quvvati 250 kVa bo’lgan TP. "Yormozor" hududiga 2,36 km elektr tarmoq va 2 dona transformator punkti 250 kVa va 400 kVa lar o’rnatildi.

Bundan tashqari, 2020-2021 yil kuz-qish mavsumi davomida ko’plab betartib uzilishlarga uchragan ijtimoiy soha ob'ektlari va ko’p kvartirali turar joy fondini barqaror ishlashga tayyorlash bo’yicha, jami 89,3 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli havo uzatish tarmoqlari hamda 54 dona transformator punktlarini mukammal ta'mirlash rejalashtirilgan bo’lib, hozirda, 81,5 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli havo tarmog’i 28,5 % ga hamda 50 ta transformator punktlari 29,6 % ga ta'mirlandi.


Shuningdek, 195,8 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli havo uzatish tarmoqlari, hamda 106 dona transformator punktlarini joriy ta'mirlash rejalashtirilgan bo’lib, hozirda, 188,3 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli havo tarmog’i, hamda 98 ta transformator punktlari joriy ta'mirlandi.

Yuqori natijali ishlardan biri 110/6 kV li “Sakkokiy” nimstantsiyasidagi 16000 kVA transformator 25000 kVA transformatorga rekonstruktsiya kilindi.

Yukorida kayd etilgan elektr qurilmalarni rekonstruktsiya, mukammal, joriy ta'mirlash ishlari natijasida 12000 dan ziyod aholini elektr energiya sifati yaxshilandi.

 

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram