Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-09-23 14:31:01    711

PDF yuklash
Chop etish


Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg’ona shahar Kirguli mavzesidan kelib tushgan elektr uzatish tarmog’ining temir–beton tayanchi tadbirkorning avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish joyining kirish qismida joylashganligi, bu esa, o’z navbatida texnik ko’rikka kelgan avtotransport vositalari uchun noqulaylik keltirilayotganligi ko’rsatib o’tilgan edi.

Ushbu murojaatga asosan Kirguli elektr ta'minoti korxonasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Murojaat kelib tushgan kunning o’zida “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas'ul xodimlari hamda Kirguli elektr ta'minoti korxonasi mutahassislari tomonidan tadbirkor ishtirokida joyida o’rganib chiqildi.

110/6 kVli “Vatan” nimstantsiyasidan chiquvchi 6 kVli “Quruvchi” elektr uzatish tarmog’ining 35–sonli temir–beton tayanchi murojaatchi faoliyat yurituvchi joyning kirish qismida joylashgan. Bunga sabab, elekrt uzatish tarmog’i 8/4934–son texnik shartga asosan 2010 yilda qurilgan. Tadbirkor esa ushbu joyni 2018 yilda qurib foydalanishga topshirgan. 

Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish joyining kirish qismini, qurilish vaqtida xar tomonlama qulay tomondan ochilmagan. Sababi, hududga kirish va chiqish uchun temir–beton tayanch noqulaylik keltirmaydigan joy ham mavjud.

Murojaatni ijobiy hal etish, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish joyining kirish–chiqish qismida texnik ko’rikka kelgan avtotransport vositalarini qulay xarakatini ta'minlash maqsadida, mazkur tayanchni boshqa joyga ko’chirish masalasi o’rganib chiqilib tadbirkorga tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.


Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorining 30–bandida “Iste'molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog’liq yangi elektr qurilmalarini va elektr tarmog’i xo’jaligining ob'ektlarini loyihalash va qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruktsiya qilish iste'molchilarning mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.” –deb ko’rsatib o’tilgan.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 31.03.2018 yildagi 256-sonli “Muhandislik–kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun davlat xizmatlari ko’rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida” gi qarorida ko’rsatib o’tilgan ko’rsatmaga muvofiq tadbirkor tegishliligi bo’yicha mazkur hududda joylagan Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilishligi tushuntirib o’tildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram