Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA 215 NAFAR O’QUVCHILARGA  SHAHAR HUDUDIDA JOYLASHGAN 4 TA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA BEPUL O’QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI

×

 2021-09-18 13:55:29    1086

PDF yuklash
Chop etish


Jamiyat uchun har doim yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi muhim masalalardan biri hisoblangan. 

Shuni inobatga olgan holda Farg’ona shahar prokuraturasi tashabbusi bilan shahar hududidagi umumiy o’rta ta'lim maktablarida 2021-2022 o’quv yili bitiruvchilari ichidan iqtidorli va a'lo baholarga o’qiyotgan ammo kam ta'minlanganligi sababli o’quv-markazlariga borishga imkoniyati yo’q 215 nafar o’quvchilar aniqlanib, ularga shahar hududida joylashgan 4 ta oliy ta'lim muassasalarida bepul o’quv kurslari tashkil etildi.

17.09.2021 yilda o’quv kurslarini ochilishida shahar prokurori ishtirok etib o’tgan yili huddi shu shaklada tashkil etilgan o’quv kurslarini bitirgan 25 foiz o’quvchilar oliy ta'lim muassasasiga kirganligini bu yil ushbu ko’rsatkichni kamida 50 foizga olib chiqish lozimligini ta'qidlab o’tdi.

Shuningdek, ushbu kuni oliy ta'lim muassasiga kira olmagan 219 nafar yoshlarga shahar hududidagi "Monomarkazda" 16 ta yo’nalish bo’yicha kasb hunar o’rganishlariga imkoniyat yaratib berildi.

Yosh avlod ushbu tashabbusni katta xursandchilik bilan kutib olishdi va ushbu yaratib berilgan imkoniyat uchun prokuratura organlariga minnatdorchiliklarini bildirishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram