Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

TADBIRKOR ELGA MADADKOR

×

 2021-09-06 09:55:20    763

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillikning keyingi  besh yilining har biri tadbirkorlar uchun o’ziga tuhfa berdi. Ularning erkin faolyaitiga g’ov bo’layotgan barcha to’siqlar olib tashlandi. Eng muhimi Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy baza yaratilib, tadbirkorlik to’g’risida qonun qabul qilindi.

Mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiyotda tadbirkorlikning naqadar muhim o’rin tutishini bugun hayotning o’zi tasdiq etmoqda. Shu sabab "Bugunning tadbirkori– ertaning islohotchisi" degan ezgu g’oyani ilgari surishda birlashayotgan tashabbuskor va ilg’or tadbirkorlar ko’lami tobora kengayib bormoqda.


Ma'lumki, joriy yilning 20 avgust sanasida mamlakatimizda ilk marotaba muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning yurtimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti bo’lib o’tdi. Ana shu uchrashuvda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo’shib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga davlatimiz rahbari minnatdorchilik bildirdi hamda bu to’g’risida Farmon imzoladi. Mazkur Farmonda "Eng ko’p ish joylari yaratgan tadbirkor sifatida " , mening nomim ham e'tirof etilgani qalbimni cheksiz faxr va iftixor tuyg’ulari bilan bezadi.

2018 yilda asos solingan " Fergana Global textile" mas'uliyati cheklangan jamiyatimiz ko’p tarmoqli textil mahsulotlarini ishlab chiqarish, klaster usulida paxta homashyo yetishtirish va qayta ishlovchi Farg’ona shahridagi yagona jamiyat hisoblanadi.

Mustaqilligimiz arafasida qiymati 70 million dollar bo’lgan " Fergana Global textile" loyihasi to’liq ishga tushdi: korxonamizda mato to’qish va bo’yash ham yo’lga qo’yildi.

Korxonaga AQSh, Germaniya, Yaponiya, Shveytsariya, Turkiya davlatlaridan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar o’rnatilgan.

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 400 milliard so’m bo’lib, 18 ming tonna ip-kalava, 4 ming tonna mato va yana 4 ming tonna bo’yalgan mato ishlab chiqarishga erishayapmiz. Qisqa vaqt ichida YEvropa, Turkiya, va Xitoy bozorlariga chiqishga muvaffaq bo’lindi, korxonada joriy 2021 yilning o’tgan davri mobaynida qiymati 22,5 million dollardan ziyod 8,3 ming tonnadan ortiq mahsulot eksport qilindi.

Korxonamizda 1500 dan ziyod ishchi xizmatchilar hamda mahalliy mutaxassislar, shuningdek, xorijiy mutaxassislarning ham faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Istiqbolda Farg’ona shahri sanoatiga jahon tajribasini jalb qilgan holda bosqichma bosqich qo’shimcha yangi ish o’rinlarini yaratish eng ezgu maqsadlarimizdan.

Shahrimizdagi eksportyor korxona sifatida yiliga 425,5 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarib, shundan 75 foiz mahsulotlar Ukraina, Rossiya, Xitoy, Turkiya davlatlariga eksport qilinmoqda. 

Natijada shahar iqtisodiyoti tarmog’ida eksportning ulushi hamda mahalliy byudjet mablag’lari oshishiga hissa qo’shmoqdamiz. Korxonamiz chet ellik hamkorlar bilan birgalikda Agronomlar maktabini yaratdi, bu esa korxona kadrlari va fermerlarga tomchilatib sug’orish texnologiyasini o’rnatish, hosildorlikni oshirish, minerallardan to’g’ri foydalanish va boshqa shu kabi bilimlarni amaliy o’rganishda ancha qo’l keladi.

Mo’minjon RAZAKOV,  

" Fergana Global textile" MChJ rahbari


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram