Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

 “SABZAVOTKOR SALIMAXON TAROVATI” F/XGA TEGISHLI YER MAYDONIDA FUQAROLAR TOMONIDAN O’ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN QURILMALAR HAQID MA'LUMOTNOMA

×

 2021-09-03 13:46:16    689

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar prokuraturasi tomonidan shahar hududida qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanilishi ahvoli yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar davomida Farg’ona shahar, 2-sektor hududida joylashgan “Jo’ydam” MFY, Yangiobod va Maorif ko’chalari oralig’idagi “Sabzavotkor Salimaxon Tarovati” fermer xo’jaligiga tegishli bo’lgan va sabzavot ekinlari ekish uchun mo’ljallangan yer xaritasining 213-konturida joylashgan 69,8 sotix yer maydoni fuqarolar tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olinib, tsement poydevorlar asosida 9 ta uchastkalarga ajratilgani holda qurilish ishlari boshlanganligi va natijada ushbu yer maydonlari qishloq xo’jaligi yerlari muomalasidan chiqib, yaroqsiz holga keltirilganligi sababli davlat manfaatlariga 808 049 803 so’m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 30.06.2021 yilda Farg’ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan va hozirda Farg’ona viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Biroq, fuqarolar tomonidan qurilish ishlari to’xtatilmasdan, aksincha qonun talablariga bepisandlik bilan munosabatda bo’linib, devor bilan to’silmagan yerlar ham to’sib olingan va qurilish ishlari davom ettirilgan.

Shuningdek, noqonuniy qurilmalar ushbu hududdan o’tgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog’i (110 kv.li 2 ta tarmoq) ostida joylashib, muhofaza zonasi (20 metr atrof tarmoq muhofaza zonasi hisoblanadi) talablariga ham zid bo’lgan. 

Bundan tashqari, Farg’ona shahar hokimligi huzuridagi aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish bo’yicha doimiy harakatdagi komissiya ishchi guruhi tomonidan qurilish ishlari davom ettirilayotgan paytda bir necha bor joyiga borilib, quruvchi va ustalar ham qurilish ishlarini to’xtatish yuzasidan ogohlantirilgan        va ob'ektlar egalarini topish bo’yicha murojaat qilingan.

Shundan so’ng, joriy yilning 25 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2009 yildagi 41-sonli qarori hamda 05.07.2017 yildagi 467-sonli qarori talablariga zid ravishda fuqarolar tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini chegaralash maqsadida qurilgan devorlar (g’isht     va g’isht shaklidagi betondan qurilgan) kelgusida o’zboshimchalik bilan uy-joy qurilishini oldini olish maqsadida doimiy harakatdagi komissiya ishchi guruhi tomonidan belgilangan tartibda bartaraf etilgan.

Mazkur jarayonda ushbu hududga o’zboshimchalik bilan qurilgan uylar buzilmagan.

Ma'lumot uchun: “Sabzavotkor Salimaxon Tarovati” fermer xo’jaligi rahbari Shakirova Salimaxon Djo’rayevna (65 yosh) muqaddam aynan o’ziga tegishli fermer xo’jaligi yer maydonidan 20 sotixini fuqaro Sh.Xolmirzayevga sotishini va Farg’ona shahar hokimini qarorini chiqartirib berishini va'da qilib, undan 20000 AQSh dollarini firibgarlik yo’li bilan qo’lga kiritganligi holati yuzasidan S.Shakirovaga nisbatan O’zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, dastlabki tergov natijalariga ko’ra sudga yuborilgan.

Shuningdek, o’rganishda “Sabzavotkor Salimaxon Tarovati” fermer xo’jaligining hozirgi kundagi umumiy yer maydoni        24,1 gektarni tashkil etib, shundan 2,5 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan tegishli hujjatlarsiz o’zboshimchalik bilan egallab olinganligi, ammo ushbu holatlarga fermer xo’jaligi tomonidan umuman munosabat bildirilmaganligi aniqlandi.

Natijada ushbu yer maydonlari qishloq xo’jaligi muomalasidan chiqib, davlatga yetkazilgan zarar 3,2 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Hozirda o’rganishlar davom ettirilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram