Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDAGI NOQONUNIY QURILISHLAR BELGILANGAN TARTIBDA BARTARAF ETILDI

×

 2021-08-25 15:56:56    723

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar hududida qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanilishi ahvoli yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar davomida Farg’ona shahar, “Jo’ydam” MFY, Yangiobod va Maorif ko’chalari oralig’idagi “Sabzavotkor Salimaxon Tarovati” f\x ga tegishli bo’lgan va sabzavot ekinlari ekish uchun mo’ljallangan yer xaritasining 213-konturida joylashgan 69,8 sotix yer maydoni fuqarolar tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olinib, tsement poydevorlar asosida 9 ta uchastkalarga ajratilgani holda qurilish ishlari olib borilganligi va natijada ushbu yer maydonlari qishloq xo’jaligi yerlari muomalasidan chiqib, yaroqsiz holga keltirilganligi sababli davlat manfaatlariga 808 049 803 so’m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Farg’ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Biroq, fuqarolar doimiy harakatdagi ishchi guruh tomonidan bir necha bor og’zaki, yozma ravishda ogohlantirilishiga qaramasdan qurilish ishlarini to’xtatmagan va tergov jarayonlarida ham amaldagi qonun talablariga bepisandlik bilan munosabatda bo’linib, qurilish ishlari davom ettirilgan.

Joriy yilning 25 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 12 fevraldagi 41-sonli qarori hamda 2017 yil 5 iyuldagi 467-sonli qarori talablariga zid ravishda o’zboshimchalik bilan qurib olingan bino-inshootlar shahar hokimligi huzuridagi doimiy harakatdagi ishchi guruh tomonidan belgilangan tartibda buzib tashlandi.

Hurmatli fuqarolar!

O’zbekiston Respublikasida mulkka egalik qilish va uni daxlsizligini saqlash qonun bilan belgilangan bo’lib, Davlat organlari fuqarolarning qonuniy huquqlarini so’zsiz himoya qilgan holda, Sizlardan davlat mulkini noqonuniy ravishda o’zlashtirib unga bino-inshoot qurilishida ishtirok etmasligingizni, eng asosiysi noqonuniy yer oldi-sotdi ishlariga aralashib qolmasligingizni so’rab qolamiz.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram