Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM VA SEKTOR RAHBARLARI TOMONIDAN NAVBATDAGI QABUL BO‘LIB O‘TDI
2021-08-13 10:54:59 782
Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida tashkil etilgan qabulga muammolari yechim topmayotgan 81 nafar fuqarolar keldi.
Qabulga kelgan aksariyat aholi vakillari mutasaddilarga yashash uchun uy-joy bilan ta'minlanish va uy-joyini ta'mirlash bo‘yicha, ishga joylashish, sog‘ligini tiklashga ko‘mak olish yuzasidan murojaat qildilar.
Murojaatlarning 42 tasi joyida hal qilindi. 29 nafar fuqaroga yangi ish o‘rinlari taklif qilindi. 12 nafar murojaatchiga bir martalik moddiy yordam beriladigan bo'ldi.
Qabul jarayonlari 20:00 gacha davom etdi. Hokim va sektor rahbarlari har bir murojaatni jiddiy koʻrib chiqishdi.