Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM VA SEKTOR RAHBARLARI TOMONIDAN NAVBATDAGI QABUL BO‘LIB O‘TDI
2021-08-01 23:03:34 728
Bugun 1- avgust kuni bo‘lib o‘tgan qabulda hokim va sektor rahbarlari fuqarolar murojaatlarini birma-bir tinglab, ular qo‘ygan masalalarning tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berishdi.
Qayd etilgan 54 ta murojaatning (uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid) 37 tasi joyida ijobiy hal etildi. 10 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
Qolgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi. Jumladan, shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 2 nafar ehtiyojmand fuqaroga imtiyozli davolanish uchun order berildi.
Shuningdek, fuqaro N.A. va M.S. larning oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda yashab turgan xonadonlari joriy taʼmir qilinadigan boʻldi. Bu boʻyicha shahar moliya boʻlimiga topshiriq berildi. Fuqaro D.A. ga esa davolanish xarajatlari uchun yetarlicha mablagʻ ajratildi. Bemorga ajratiladigan mablagʻlar "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi tomonidan beriladigan boʻldi.
10 dan ortiq fuqarolarga bir martalik moddiy yordam beriladigan boʻldi. Fuqaro D. X. ga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinasi taqdim etiladigan boʻldi. Fuqaro D. X. ushbu mashina yordamida oʻz bandligini taʼminlashdan tashqari qoʻshimcha ishchi kuchi olgan holda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyayotganidan xursandligini bildirdi.