Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHAR HOKIMI VA SEKTOR RAHBARLARINING NAVBATDAGI QABULI BO’LIB O’TDI
2021-07-31 22:52:16 835
Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, ularning qonuniy talablari, so’rov va takliflarini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan mazkur idoraning amaliy ko’magi bilan ko’plab hamyurtlarimiz o’zlarini qiynab kelayotgan turli muammolarga yechim topmoqda. Eng muhimi, murojaatlar tegishli tashkilotlar tomonidan o’z vaqtida qonuniy va adolatli hal etilayotgani fuqarolarimizning hayotdan rozi bo’lib, ertangi kunga ishonch hissi bilan yashashlarida muhim omil bo’lmoqda.
Farg’ona shahar hokimi va sektor rahbarlari bugun 31 iyun kuni Farg’ona shahrida joylashgan 3-umumta'lim maktabida fuqarolarni qabul qildi.
Sayyor qabuldagi murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko’p murojaatlar uy -joy masalasiga taalluqli bo’lib chiqdi. Fuqarolarga Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan subsidiya asosida uy-joy olish imkoniyatlari tushuntirib berildi. Uy-joyga muxtoj fuqarolarning aksariyati vaqtincha Farg’ona shahrida ro’yxatda turuvchi, aslida, boshqa tuman va shaharlarda doimiy ro’yxatda turuvchi fuqarolarni tashkil qildi. Ularga to’g’ri tushunchalar berilib, imkon qadar sharoitlaridan kelib chiqib yordam berildi.
Bundan tashqari kommunal, yo’l, er ajratish, qurilish, hamda bandlik masalalariga taalluqli muammolar ham qabul jarayonida hal qilindi.
Shu o’rinda qayd etish lozimki, bugun har bir fuqaro uchun barcha davlat organlari va tashkilotlarining eshiklari ochiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini sokin kabinetlarda emas, balki, ijtimoiy jarayonlar kechayotgan pallada joyiga borib, real holatni o’rganmoqda.