Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-07-31 13:53:41    668

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg’ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Asiljon Ikromov xamda (uning akasi) Akmaljon Ikromovlarni nohaq ishdan bo’shatilganligi to’g’risida videomaterial tarqaldi.

Shunga ko’ra, videomaterialda keltirib o’tilgan vajlar yuzasidan Farg’ona shahar hokimligining mas'ullari masalani atroflicha o’rganib, quyidagilarni ma'lum qiladi:

Farg’ona shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Ikromov Asilbek Qahramonovich 2021yil 23 iyul kuni o’z xohishiga ko’ra yozgan arizasini inobatga olib, Farg’ona shahar hokimining 2021 yil 24 iyul kungi 54-11-169-Q/21-sonli qaroriga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bugungi kunda, Farg’ona shahrida obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish xamda bunyodkorlik ishlari jadal amalga oshirib kelinmoqda.

Farg’ona shahar hokimligi tomonidan Farg’ona shahridagi obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga katta e'tibor qaratgan xolda barcha yo’nalishlarda, ya'ni mavsumiy ekilgan gullar, katta yo’l chetlariga ekilgan noyob daraxtlar sug’orilishiga va shahardagi 70 ta MFYlarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlariga alohida e'tibor qaratmoqda.

Jumladan, mazkur ishlarda o’zining salmoqli hissasini qo’shib kelayotgan, ya'ni Farg’ona shahar xokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini rag’batlantirish maqsadida,  Farg’ona shahar hokimligi tomonidan “Iyd Qurbon” xayiti munosabati bilan turli sovg’alar ulashildi.

Shuningdek, (akasi) Ikromov Akmaljon Qahramonovich shu kunga qadar Farg’ona shahar “Ahmad Al-Farg’oniy” nomidagi oromgoh direktori lavozimida ishlab kelgan.

Farg’ona shahar aholisini madaniy va ma'rifiy dam olishlarini yuqori saviyada va belgilangan talablar asosida tashkil etilganligi bo’yicha Farg’ona viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi va Farg’ona shahar Moliya bo’limi mutahassislari tomonidan 2021 yil 20 may kuni Farg’ona shahar “Ahmad Al-Farg’oniy” nomidagi oromgoh faoliyati o’rganilgan.

O’rganish natijalariga binoan xato va kamchiliklarga yo’l qo’yganligini anglagan holda Ikromov Akmaljon Qahramonovich Farg’ona viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig’i I.Jalilov nomiga 2021 yil 23 iyul kuni o’z xohishiga ko’ra, Farg’ona shahar “Ahmad Al-Farg’oniy” nomidagi oromgoh direktori lavozimidan ozod etishni so’rab ariza bilan murojaat etgan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram