Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG`ONA SHAHRIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK RIVOJLANIB BORMOQDA
2021-07-27 15:25:00 852
O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o`tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me`yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O`zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Jumladan, korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri maʼlumotlariga koʼra, Farg`ona shahrida 2021 yil yanvar-iyun holatiga roʼyxatga olingan kichik tadbirkorlik subʼektlari soni 6731 tani tashkil qilib, shundan 6522 tasi yoki 96,9 foizi faoliyat koʼrsatmoqda. Joriy yilda 590 ta kichik tadbirkorlik subʼektlari yangi tashkil etildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha roʼyxatga olingan kichik tadbirkorlik subʼektlarining asosiy qismi sanoat 1122 ta (16,7 foizi), savdo 1852 ta (27,5 foizi), qurilish 941 ta (14,0 foizi) hamda qishloq va oʼrmon xoʼjaligi 120 ta (1,8 foizi) sohalariga toʼgʼri keladi.
Farg`ona shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O`zbekistan Respublikasining «Korxonalar to`g`risida», «Mulk to`g`risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to`g`risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmon-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.