Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUROJAATLARI JOYIDA HAL QILINMOQDA
2021-07-27 10:17:39 715
Shahar hokimi va sektor raxbarlari tomonidan shahardagi 1-sektor binosida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan qabul o’tkazildi. Qabulda jami 125 nafar ro’yxatga olingan jismoniy va yuridik shaxslardan 109 nafari ishtirok etdi, 16 nafar jismoniy va yuridik shaxslar turli sabablarga ko’ra qabulda ishtirok etmadi.
Qabul davomida fuqarolar uy-joy, tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun yer ajratish, ish bilan ta'minlash, moddiy yordam, kredit, elektr energiyasi, gaz ta'minoti borasidagi muammolar bo’yicha murojaat qilishdi.
Murojaat qilgan 62 nafar fuqaroning masalasi qabul davomida ijobiy yechimini topdi, 24 nafar murojaatchiga qabul davomida huquqiy tushuntirish berildi.
Qonuniy yechimga ega bo’lmagan masalalarga esa shu joyning o’zida javob qaytarilib, maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan muammolar bo’yicha ishchi guruhlari shakllantirilib, o’rganishlar natijasidan kelib chiqib chora-tadbirlar belgilanadigan bo’ldi.
Shuningdek, davlat xizmatlari agentligining sayyor xizmatlar uchun mo’ljallangan avtobusi fuqaroga davlat xizmatlari ko’rsatildi. Davlatimiz tomonidan insonlar manfaatini hisobga olib yo’lga qo’yilgan davlat xizmatlaridan foydalanishdagi yangi amaliyot zamonaviy yondashuv, shaffof tizim sifatida har jihatdan o’zini oqlamoqda. U tobora yangi xizmat turlari bilan boyib, mamlakatimiz taraqqiyotiga, hayotimiz farovonligiga oshishiga, xalqimizning turmushdan rozi bo’lishiga xizmat qilayotir.