Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2021-07-26 19:12:18 719
2021-yil 26-iyul' kuni “Farg’ona | Kun.uz” Telegram tarmog’ida qurilish chiqindilarini vaqtida olinmayotganligi to’g’risida fotosurat va izox berib o’tilgan edi.
Ushbu holat yuzasidan o’rganilganda quyidagilar aniqlandi:
“Sh.Rashidov” MFY A.Navoiy ko’chasi hududida joylashgan chiqindixona yonga shu yerdagi ko’p qavvatli uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan qurilish chiqindilari tashlab ketilganligi aniqlandi. Ushbu yerdagi ko’p qavvatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan suxbatlashilganda qurilish chiqindilarini noma'lum fuqarolar tomonidan tashlanganligi aniqlandi.
Tashlab ketilgan qurilish chiqindilari Farg’ona “Pokiza sanitar servis” MChJ ishchilari va texnikalari yordamida tozalanib bartaraf etildi. Holat yuzasidan Mahlla va oilani qullab quvvatlash Farg’ona shahar bo’limi rahbari F.Abdillazov tomonidan “Sh.Rashidov” MFY raisi va mas'ul hodimlariga tegishli ko’rsatmalar berildi va aholi o’rtasida targ’ibot ishlari olib borish vazifasi yuklatildi.