Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2021-07-17 15:43:05 722
Ijtimoiy tarmoqlarda "Jo’ydam" mahallasi hududidagi chiqindilarni vaqtida olib ketilmayotganligi haqidagi murojaat tezkorlik bilan o’rganilib, holat bartaraf etildi.
Ushbu holat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Farg’ona shahar inspektsiyasi inspektorlari tomonidan hashar yo’li bilan bartaraf etildi. “Qirguli Kommunal Servis” MChJ korxonasi qarashli maxsus mashinalar yordamida chiqindilar tozalab olindi.
Ushbu holat uchun “Qirguli Kommunal Servis” MChJ korxonasiga qat'iy ogohlantirish berildi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go’zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o’ziga maftun etadi. Mana shunday betakror go’zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning unutilmas burchimizdir.