Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHAR HOKIMI SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2021-07-17 09:33:39 718
Farg’ona shaxar hokimligining nazorat rejasiga asosan hududlarda axoli bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yanada kengaytirish, muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish maqsadida joylarga chiqqan holda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan.
Shunga muvofiq, 2021 yil 16 iyul kuni shahar hokimi tomonidan Farg’ona shahar “Tinchlik” nomli mahalla fuqarolar yig’ini hududida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabul o’tkazildi.
Qabulda jami 65 nafar ro’yxatga olingan jismoniy va yuridik shaxslardan 54 nafari ishtirok etdi, 11 nafar jismoniy va yuridik shaxslar turli sabablarga ko’ra sayyor qabulda ishtirok etmadi.
11 nafar fuqaroning murojaatlari (moddiy yordam va davolanish uchun pul mablag’lari ajratish, tavsiya va huquqiy tushuntirish berish hamda
h.k yo’llar orqali) qabul davomida ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlar bo’yicha belgilangan tartibda o’rganib chiqish va natijasi bo’yicha mualliflarga ma'lum qilish uchun shahar hokimining o’rinbosarlari, shahar hokimligining masalaga daxldor apparat xodimlari, korxona, tashkilot va bo’limlarga tegishli topshiriqlar berildi.