Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-07-15 12:22:35    647

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlar suvsizlik natijasida quriyotganligi to’g’risida maqola e'lon qilingan edi.

Shunga ko’ra, maqolada keltirib o’tilgan vajlar yuzasidan Farg’ona shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi masalani joyida atroflicha o’rganib, quyidagilarni ma'lum qiladi:

Fuqaroning murojaatida Beruniy mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan Kimyogarlar ko’chasi 14-uyning yon qismida joylashgan xiyobondagi daraxtlar suvsizlik natijasida quriyotganligi to’g’risida gaplar ma'lum bir manoda to’g’iri bo’lib chiqdi. Shunga ko’ra ushbu hududda qator ijobiy ishlar tashkillandi va ayni damda xiyobondagi barcha daraxtlar belgilangan tartibda sug’orilmoqda hamda atrof hududida obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.


Shuni takidlab o’tish joyizki, Farg’ona shahrida obodonlashtirish ishlariga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, joriy yilda Farg’ona  shahar hududidagi obodonlashtirish maydonlariga jami 105 mingdan ortiq manzarali daraxt va butasimon gullar ekildi. Dunyoga mashhur yapon soforasi, eldar sosna, kashtan, akatsiya, archa (majevelnik) manzarali daraxtlari hamda xind sireni, atirgul va shtampovka atirgul navli butasimon gullar shular jumlasidandir.


Shuningdek, shahar hududlarida 174 dona gul konsturktsiyalarni o’rnatish, 700 mingdan ziyod mavsumiy gullari ekish ishlari amlaga oshirildi.

 Ekilgan daraxt ko’chatlarini mavsum davomida parvarishlash maqsadida mas'ullar birktirish Agrokimyoximoya AJ bilan 150 mln so’mlik shartnoma tuzilidi hamda xozirgi kunga qadar 21700 tupdan ziyod manzarali daraxtlarga Zararkuranndalar qarshi dorilash, o’g’itlash va sug’orish ishlari bajarildi.

 Farg’ona shahar hududlarini obodonlashtirish jarayonida maxsus texnikalar xisobiga 45540 tonna qurilish va maishiy chiqindilar olib chiqib ketildi, shaharning turli hududlaridagi ko’p qavatli turar joy maydonlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


Qirguli mazesida (Nizomiy, Yangi asr, Marg’ilon ko’chalari) joylashga ko’p qavatli turar joylarda, 0,5 km ichki yo’llar asfaltlashtirish, 2 km ichki irrigatsiya tarmolqari betonlashtirish, 800 tupdan ziyod manzarali daraxtlar ekish, bolalar maydonchalarini o’rnatish, tik kudug’ nasos stantsiya qurilib sug’orish tizimi ishga tushirildi.

 

 

 

 

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram