Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

TASHABBUS KO’RSATING SIZNI QIYNAYOTGAN MAVJUD MUAMMOLARNI HAL ETILISHIDA O’ZINGIZGA O’ZINGIZ YORDAM BERING!

×

 2021-07-15 11:05:59    664

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli Farg‘ona shahrida istiqomad qilayotgan fuqarolar!

Siz istiqomat qiladigan shaharda, aynan sizni qiynab kelayotgan yechimi mablag’ bilan bog’liq muammolar mavjudmi? 

Siz ushbu muammolarni hal etilishida, aynan shahar byudjet mablag’larini, sizning tashabbusingiz asosida yo’naltirilishi mumkinligidan xabardormisiz?

Endilikda siz tashabbusli budjet jarayonida ishtirok etgan holda, oʻz takliflaringizni bildirishingiz yoki sizning ehtiyojlaringizni aks ettirgan boshqa takliflarga ovoz berishingiz mumkin.

Buning uchun siz har yili ikki marotaba oʻtkaziladigan “Tashabbusli Byudjet” jarayonida ishtirok etishingiz lozim.

Onlayn ishtirok etish bevosita moliya vazirligining ochiq byudjet axborot portali orqali amalga oshiriladi. 

Portalning Web manzili openbadget.uz dan iborat bo’lib, ushbu portalga siz oʻzingizning kompyuter, noutbook, planshet yoki mobil telefon qurilmangiz orqali kirishingiz mumkin.

“Tashabbusli Byudjet” jarayonida ishtirok etish uchun siz avval portaldan roʻyhatdan oʻtishingiz lozim, bu esa anonim tarzda taklif qoldirish yoki ovoz berish holatlarini oldini olishda juda muhim hisoblanadi.

Ro’yhatdan o’tish jarayonida siz o’z ism sharifingiz, tug’ilgan yilingiz, yashash hududingiz va shu kabi boshqa maʼlumotlarni kiritishingiz, eng asosiysi o’zingiz ishlatadigan telefon raqamingizni ko’rsatishingiz lozim bo’ladi.  

Siz quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha takliflar qoldirishingiz mumkin.

O’z hududingizdagi ichimlik suvining ta’minotini yaxshilash,

Yoritish tizimi bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish,

Yaroqsiz holga kelgan ichki yoʻllarni ta’mirlash yoki asfalt yotkizish,

Ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash, jihozlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish,

umum foydalanishdagi, ya’ni jamoatchilik ihtiyoridagi obyektlarni ta’mirlash yoki jihozlash kabi takliflarni bildirish imkoniyatiga egasiz,

Shuni alohida takidlash lozimki, bildirilgan takliflarni amalga oshirilishining umumiy qiymati 1 mlrd so’mdan oshmasligi lozim

 Bildirilgan takliflarga ovoz berish jarayoni o’tkaziladi va bunda siz o’z mahalladoshlaringizdan o’zingiz bergan taklifga ovoz berishlarini so’rashingiz mumkin bo’ladi.

Taklif qoldirish va ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko’ra, shaharda eng ko’p ovoz to’plagan takliflar g’olib deb topiladi hamda taklifni amalga oshirish uchun mablag’ ajratish yuzasidan qaror qabul qilinadi va ishlar amalga oshirilishi boshlanadi.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram