Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA – MISLI KO’RILMAGAN RIVOJLANISHLAR OG’USHIDA 

×

 2021-07-01 16:36:05    746

PDF yuklash
Chop etish


Tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimiz har bir sohada jadallik va taraqqiyotdan ortda qolmaslikni taqozo etmoqda. Kundan kun zamonaviy qiyofa kasb etayotgan Farg’ona shahrida  obodlik va ko’kalamzorlashtirish ishlari biroz bo’lsada tin olgani yo’q.

Taraqqiyotga birdaniga erishish mushkul ish, albatta bunga vaqt kerakligi hech kimga sir emas.

Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2020 yil 19 martdagi  “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni asosida Farg’ona shahrida 2020 yilda inqirozga qarshi kurashish jamg’armasining 2 675 mln. so’m mablag’lari hisobidan joriy yilda 6 ta mahalla fuqarolar yig’ini hududlarida 5,6 km hamda 1 870 mln. so’m maxalliy byudjet mablag’lari hisobidan 6 ta ko’chada 3,7 km yo’llarni joriy ta'mirlash ishlari rejalashtirilib olingan.


Unga ko’ra, mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 1,5 mlrd so’m evaziga A.Navoiy ko’chasining 0,6 km qismi  mukammal ta'mirlandi.

Shuningdek, dasturlardan tashqari Sanoat ko’chasida 1,2 km,

(1,3 mlrd), shaharning ichki ko’chalari Sakkokiy ko’chasida 0,6 km, shuningdek, Istirohat ko’chasida 0,8 km, A.Yassaviy ko’chasida 0,5 km, Bozor yo’li ko’chasida 0,3 km, To’maris 0,8 km, J.Manguberdi 1,2 km, O’zbekiston 0,3 km, Murabbiylar ko’chasida 0,3 km, Z.M.Bobur ko’chasida 0,2 km jami 6,2 km (176 mln. so’m) joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Shaharning Madaniyat ko’chasida 1 km qismida joriy ta'mirlash ishlarini bajarish maqsadida tayyorgarlik ishlar olib borilmoqda.

2021 yilning boshida “Farg’ona mintaqaviy yo’llarga buyurtmachi xizmati” DUK bilan birgalikda Farg’ona shahridagi barcha ichki-xo’jalik avtomobil yo’llari xatlovdan o’tkazildi.

Mazkur xatlov natijasiga ko’ra, shaharda ichki yo’llar uzunligi 571 km tashkil etib, shundan 339 km qismi ta'mir talabligi aniqlandi.

Farg’ona shahar hududidagi ta'mirtalab ichki yo’llarni sozlash  maqsadida “Obod mahalla”, investitsiya va boshqa manzilli dasturlar ishlab chiqilgan.

Unga ko’ra, 63,8 mlrd.so’m mablag’lar evaziga shaharda joylashgan 53 ta mahallarda 103,2 km ichki yo’llarni ta'mirlash ishlari bajarildi.


Ayni kunlarda S.Temur, A.Yassaviy, Oq yo’l, A.Qodiriy va Yangi asr ko’chalarida ham ta'mirlash ishlari boshlangan. Shuningdek, 2021 yil investitsiya dasturi doirasida shaharning Mustaqillik shaharchasi hududi va Yuksalish ko’chasi mukammal ta'mirlanishi belgilangan.

Shuningdek, Farg’ona shahridagi Tinchlik mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli  ko’chalar shaharni rivojlantirish dasturiga muvofiq 2021 yilning avgust oylarida 2.2 km  ichki yo’llarni ta'mirlash ko’zda tutilmoqda.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram