Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-06-01 10:41:45    995

PDF yuklash
Chop etish


“Farg’ona tongi” gazetasining 2021 yil 12 maydagi 9-sonida Farg’ona shahar Sovurbuloq MFY Sovurbuloq ko’chasida istiqomat qiluvchi aholining asosiy qismi ichimlik suvini quduqdan iste'mol qilayotganligi, (beton) simyog’ochlar o’rnatilmaganligi oqibatida internet tarmog’i tortishning imkoni yo’qligi, ichki ko’chalardagi yo’llarning ahvoli qoniqarsiz holatda ekanligi sababli yo’lovchi tashish transporti ham bu ko’chani chetlab o’tayotganligi bo’yicha “Shahar ichidagi qishloqmonand ko’cha” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan.

Shunga ko’ra, maqolada keltirib o’tilgan vajlar yuzasidan shahar hokimligining maxsus ishchi guruhi masalani joyida atroflicha o’rganib, quyidagilarni ma'lum qiladi:

1. 2021 yilning birinchi choragida “Farg’ona mintaqaviy yo’llarga buyurtmachi xizmati” DUK bilan birgalikda Farg’ona shahridagi barcha ichki-xo’jalik avtomobil yo’llarini xatlovdan o’tkazish ishlari amalga oshirildi, shuningdek, shahardagi ichki yo’llarning 339.0 km qismi ta'mirga muhtojligi aniqlangan. Xatlov natijalariga asosan hamda maqolada nomi qayd etib o’tilgan Farg’ona shahar, Sovurbuloq MFY, Sovurbuloq ko’chasining 3.0 km qismini ta'mirlash ishlari 2021-2022 yil davlat dasturiga kiritldi;

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “2017-2021 yillarda ichimlik suv ta'minotini va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to’g’risida”gi PQ-2910-sonli qaroriga asosan 2019-2020 yillar mobaynida “Far qurilish invest” MChJ tomonidan Sovurbuloq MFY hududida 5.2 km D-110 mm bo’lgan ichimlik suv quvurlari tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan. Bundan tashqari 2021 yilning iyul oyida qo’shimcha ravishda (hashar yo’li bilan) 1.2 km ichimlik suv tarmog’i tortish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi;

3. Farg’ona shahar telekommunikatsiyalar bog’lanmasi tomonidan Surxtepa MFY hududiga 128 portli MSAN o’rnatilib, hozirgi kunda 15 (o’n besh)dan ziyod xonadonlarga telekommunikatsiya xizmatlari taqdim qilinmokda, shuningdek, ijtimoiy soha ob'ektlaridan 7, 18-sonli umumiy o’rta ta'lim maktablari shisha tolali aloqa kabeli orqali internet tarmog’i bilan ta'minlandi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram